1

Tojikistonda pandemiya tufayli qiynalib qolgan aholiga bir martalik yordam puli beriladi

Dunyo 11.07.2020, 18:57
Tojikistonda pandemiya tufayli qiynalib qolgan aholiga bir martalik yordam puli beriladi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 11 iyul kuni mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan ijtimoiy zaif aholi qatlamiga bir martalik yordam pulini ajratish to`g`risida qarorni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Unga ko`ra, 1 avgustga qadar mamlakatda pandemiya tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan ijtimoiy zaif aholi qatlamini va ehtiyojmand oilalar ro`yxati tasdiqlanib, ularga eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida (40 dollar atrofida) bir martalik yordam puli ajratish ko`zda tutilgan.

Emomali Rahmon mamlakatning «Amonatbonk» bankiga tasdiqlangan ehtiyojmand fuqarolar ro`yxati bo`yicha ularga yordam pulini bank kartalariga tashlab berishni, agar kartalari bo`lmagan taqdirda, naqd berish topshirig`ini berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1