1

57-o`lim: Xorazmlik erkak koronavirusning og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevomoniyani ko`tara olmadi

Jamiyat 11.07.2020, 23:35
57-o`lim: Xorazmlik erkak koronavirusning og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevomoniyani ko`tara olmadi

Xorazmlik koronavirusga chalingan bemor o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi 56 yoshli D.S. (erkak) bir hafta davomida tana harorati ko`tarilib, holsiz bo`lgan. So`ngra bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotqizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasi og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi bilan ham og`rigan. Xastalik o`tkir nafas va o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1