Yana 111 kishida infeksiya aniqlandi, 62 nafari Andijon viloyatida

Jamiyat 11.07.2020, 23:54
Yana 111 kishida infeksiya aniqlandi, 62 nafari Andijon viloyatida

2020 yil 11 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12 513  nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallanganlar 111 nafarga ortgan. Ulardan 34 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 62 nafari Andijon viloyatida (shundan 43 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 19 nafari aholi orasida), 15 nafar Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun 193 nafar bemor tuzaldi

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 140 nafar, Andijon viloyatida 31 nafar, Jizzax viloyatida 10 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar hamda Samarqand viloyatida 5 nafar, jami 193 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 7723 (+193) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (61 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 4733 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1