"ToshMI"da 53 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 12.07.2020, 09:41
"ToshMI"da 53 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Koronavirusga chalingan toshkentlik bemor o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, Olmazor tumanida yashovchi 53 yoshli M.K. (ayol) Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasida davolangan.

Unga “COVID-19” og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya hamroh kasalliklari bilan og`rigan.

Xastalik o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

 Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1