1

Diniy qo`mita haj ziyorati bilan bog`liq turli firibgarlik holatlaridan ogohlantirdi

Jamiyat 12.07.2020, 11:19
Diniy qo`mita haj ziyorati bilan bog`liq turli firibgarlik holatlaridan ogohlantirdi

Bir qancha mahalliy nashrlar xorij nashrlariga tayanib, “Saudiya Arabistoni Hajga ro`yxatdan o`tkazishni boshladi” degan xabarlarni tarqatgan. Ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzu turli talqin qilina boshlagan. 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita ushbu masalada rasmiy xabar berdi. 

"E`tibor bering! Saudiya Arabistoni hukumati qarori bilan bu yilgi haj mavsumi faqat Saudiya Arabistoni fuqarolari va Saudiya ichida yashayotgan chet el fuqarolari uchun cheklangan miqdorda tashkil etilmoqda.

Xorijiy mamlakatlardan ziyoratchilar bu yil qabul qilinmaydi.

Saudiya Arabistoniga xalqaro reyslar to`xtatilgan. 

Haj-2020 mavsumiga onlayn ro`yxatdan o`tish faqat Saudiya aholisi va Saudiyada bo`lib turgan chet el fuqarolari uchun tashkil etilmoqda.

Turli firibgarlik holatlaridan ogoh bo`ling!" deyiladi Qo`mita xabarida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1