Karantin paytida shakllantiriladigan ehtiyojmand oilalar ro`yxatiga kirmay qolgan fuqarolar qaerga murojaat qiladi?

Jamiyat 12.07.2020, 15:22
Karantin paytida shakllantiriladigan ehtiyojmand oilalar ro`yxatiga kirmay qolgan fuqarolar qaerga murojaat qiladi?

Avvalrov Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov  tomonidan karantin paytida ishsiz, daromadsiz qolgan va ehtiyojmand aholi qatlamlari ro`yxat qilinishi, ushbu ro`yxatga kimlar kiritilishi haqida ma`lumot berilgandi. 

Ammo joylarda shakllantirilgan ro`yxatlarda mavjud bo`lmagan, zarur oziq-ovqat va dori-darmonga muhtoj bo`lgan fuqarolar nima qiladi? degan savollar paydo bo`ldi. 

Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vaziri ma`lum qilishicha, ro`yxatga kirmagan aholi 1197 qisqa raqamli telefon tarmog`iga murojaat qilishlari hamda o`z ehtiyojlarini bayon etishlari mumkin.

"Mazkur telefon tarmog`i orqali bog`langan fuqarolar murojaati ham alohida e`tiborga olinadi hamda ularga ham zarur ijtimoiy yordam mahsulotlari etkazib beriladi", - deydi vazir. 

Qayd etilishicha, ehtiyojmand oilalarga Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining qarorlariga muvofiq, “Mahalla” fondi va “Saxovat va ko`mak” jamg`armalaridan zarur mablag`lar ham ajratiladi.

Joylardagi mahalliy hokimliklar, Qoraqalpog`iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlari bilan birgalikda manzilli ro`yxat asosida zarur oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlaridan iborat moddiy ko`mak yordamlarini shakllantiradi.

Hozirda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi tomonidan muhtojlik darajasi o`ta yuqori bo`lgan 101 ming 980 nafar fuqaroning hududlar kesimidagi ro`yxati shakllantirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1