1

Surxondaryoda sud xodimining kaltaklanishi bo`yicha rasmiy izoh berildi

Jamiyat 12.07.2020, 20:31
Surxondaryoda sud xodimining kaltaklanishi bo`yicha rasmiy izoh berildi

Sal avval Surxondaryo viloyatining Jarqo`rg`on tumanida bir necha shaxslar sud xodimini kaltaklagani to`g`risida xabar bergan edik. Ushbu holatga Bosh prokuratura munosabat bildirib, vaziyat nazoratga olinganini ta`kidladi.

Endi esa Ichki ishlar vazirligi ham sud xodimi kaltaklangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Unda qayd etilishicha, Jarqo`rg`on tumani “Yangiobod” mahallasi hududida tashkil etilgan blok postda 10 iyul kuni soat 09:50larda tuman hokimi Z.Davlatov, tuman prokurori B.Haydarov va tuman IIB boshlig`i podpolkovnik B.Xidirovlar tomonidan ichki ishlar organlari va xizmatga jalb etilgan boshqa xodimlarning faoliyati muvofiqlashtirilayotgan bo`lgan. Shu vaqtda ushbu blok postga Jinoyat ishlari bo`yicha tuman sudiga qarashli Nexia-3 rusumli 75/530/YAA davlat raqamli xizmat avtomashinasini haydovchi R.R. qarama-qarshi yo`nalishda boshqarib kelganligi sababli, tuman hokimi va postda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari mazkur avtotransportni yo`lning qatnov qismidan chetga olishni talab qilgan. Haydovchi xodimlarning qonuniy talabiga bo`ysunmay avtomashinani yo`ldan olmasligini, kelgan joyida turishini aytib, 20-25 daqiqalar davomida avtomashinani to`xtatib qo`yishi oqibatida, postda sun`iy tirbandlik yuzaga kelgan.

Shundan so`ng holatga oydinlik kiritish maqsadida, haydovchi R.R. soat 10:30 larda tuman IIBga olib borilib, soat 11:00 larda tuman IIBdan chiqarib yuborilgan.

Shu kuni haydovchi R.R. o`ziga tan jarohati etkazilganligi vaji bilan tuman shifoxonasiga murojaat qilgan, shifoxonaning bu haqidagi xabarnomasi tuman IIBga yuborilib, o`rnatilgan tartibda ro`yxatdan o`tkazilib, xabarnoma tegishliligi bo`yicha tuman prokuraturasiga yuborilgan.

“Hozirgi vaqtda yuzaga kelgan holat prokuratura organlari tomonidan o`rganilib, ishtirokchilarning harakatlariga huquqiy baho beriladi”, deyiladi xabarda. 

Lekin IIV Axborot xizmati bayonotida sud xodimiga nisbatan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jarohat etkazilganligi holati bo`yicha hech narsa deyilmagan.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1