O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13 ming nafarga yaqinlashdi

Jamiyat 12.07.2020, 23:58
O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13 ming nafarga yaqinlashdi

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha 2020 yil 12 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12997 (+142) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 97 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 121 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar, Navoiy viloyatida 1 nafar, jami 129 nafar bemor tuzaldi.  

Shunday qilib yurtimizda 7852 (+129) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (60 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 5085 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1