1

"Tajovuzkorlik ular uchun yozilmagan vakolatmi?" "Adolat" partiyasi sudyani kaltaklagan IIB mansabdoriga chora ko`rilishini so`ramoqda

Jamiyat 13.07.2020, 09:08
"Tajovuzkorlik ular uchun yozilmagan vakolatmi?" "Adolat" partiyasi sudyani kaltaklagan IIB mansabdoriga chora ko`rilishini so`ramoqda

Sal avval Surxondaryoda sud raisi a sud xodimlariga nisbatan IIB xodimlari tomonidan qilingan tahqirlash va ularni obro`sizlantirib do`pposlangani haqida xabar qilingan edi. Kuni kecha ushbu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va qator faollarni g`azablantirdi, ko`plab muhokamalar hamon davom etmoqda. 

Xususan, voqeaga Adolat” SDP o`z pozisiyasini bildirdi:

"Qonun barcha uchun barobar. Ayniqsa, xozirgi jiddiy vaziyatda karantin qoidalariga qat`iy amal qilish birinchi galdagi zaruratlar qatoriga tirkaldi. Zero, pandemik karantin taqozosidan o`rnatilgan tartibga rioya etish bebaho salomatligimizni saqlashga katta hissadir.

Ammo faol harakatlanishga cheklov o`rnatilgan ayni pallada sud idoralariga tegishli avtomashinalarga yurish uchun ruxsat berilgan. Taassufki, bundan ayrim hokimlar, IIB xodimlari, bexabar ko`rinadi. Surxondaryo viloyatining Jarqo`rg`on tumanida sodir bo`lgan voqea shunday xulosa chiqarishga majbur etdi. Yana bularning boshida tuman hokimi rahbarligidagi ishchi guruh turganiga nima deysiz?  

Nega mansabdor shaxslar tomonidan sayr qilib yurgan avtoulovga nisbatan emas, adolat o`rnatishdek muhim vazifa tomon oshiqayotgan sudyaga qarata asossiz qoidalar pesh qilindi? Ustiga ustak, bu oddiy eslatma yoki ogohlantirish emas, bir yo`la kuch ishlatish va tahdidga aylanmoqda. Yoki tajovuzkorlik ular uchun yozilmagan vakolatmi?

Nahot, tuman hokimi va IIB mutasaddilari sudyalar mustaqilligi va dahlsizligiga oid konstitusiyaviy normadan bexabar bo`lsa? Axir bu Bosh qomusimizga hurmatsizlik, qonunlarga bepisandlikdan boshqa narsa emas. Ko`p vakolatlar berilgani xohlagan ishini bajarish yoki istagan qonunni oyoq osti qilish mumkin degani emas. Afsuski, joylarda o`z mustaqil fikriga ega bo`lmagan, eng asosiy faoliyati kimlarningdir buyrug`ini bajarishdangina iborat bo`lgan mutasaddilarning bu kabi qonunsiz harakatlari mamlakatimizda qilinayotgan islohotlarga soya solmoqda.

E`tibor bering xalq farovonligini, tinchligini ta`minlashga xizmat qiluvchilar tomonidan uning aksi bajarilmoqda. Ya`ni karvonni belgilangan manzilga etaklovchilarning o`zi, uning ortga qadam tashlashiga tashabbuskor bo`lmoqda. Tabiiyki, bu kabi rahbarlar bilan biz belgilangan maqsadlarga eta olmaymiz.  

“Adolat” SDP sud tizimini kompleks rivojlantirish, sudlarning mavqeini oshirish, sudyalarning daxlsizligini ta`minlash adolatli jamiyat qurishning muhim sharti, deb hisoblaydi. Mazkur maqsadimiz saylovoldi dasturimizda ustuvor vazifa sifatida mustahkamlab qo`yilgan.  

Shunday ekan, Jarqo`rg`ondagi ushbu voqeani qoralaymiz va noqonuniy harakatlar sodir etganlarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko`rilishi tarafdorimiz".

Mavzuga doir:

"Jarqo`rg`on tumani hokimi yo IIB boshlig`i hech bo`lmasa, qo`llaridagi bloknotni ochib, Prezidentning chaqiriqlarini o`qib ko`rmabdilarda!?" Deputat sud xodimlarining tahqirlanganiga munosabat bildirdi

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1