1

Ikki nafar shifokorga vafotidan keyin "Mehnat Qahramoni" unvonini berildi

Dunyo 13.07.2020, 12:38
Ikki nafar shifokorga vafotidan keyin "Mehnat Qahramoni" unvonini berildi

Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev pandemiya davrida xizmat vazifasini olib borayotgan vaqtida vafot etgan ikki nafar shifokorga unvon berdi. 

Ulardan biri  Kokshetau shahar ko`p tarmoqli shifoxonasi bo`linma mudiri Oleg Isaev bo`lsa, ikkinchisi Aqto`be viloyat klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Kalixan Kozbagarovdir. 

Marhum vrachlar Qozog`iston Respublikasi oldidagi buyuk xizmatlari, xizmat burchini bajarayotganda ko`rsatgan fidokorligi uchun "Oltin yulduz"  maxsus alohida belgisi va "Otan" ordeni bilan birgalikda "Qazaqstannң Eңbek Erі"  oliy unvoni bilan mukofotlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1