Davlat idorasida ishlayotgan har bir inson o`z zimmasiga katta mas`uliyatni oladi. Xalqimizga beminnat, halol mehnat qilish va bu orqali ularning ishonchini qozonishdan ko`ra lavozimini suiste`mol qilib, o`z ishiga mas`uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan qarayotgan, tizim idoralarida etarli darajada ishni tashkil etmasdan, aksincha o`z nafsini o`ylaganlar ming afsuski oramizda mavjud.
Har bir davlat idorasi bundaylardan holi maydonga aylanmas ekan xalq ishonchini qozonib bo`lmaydi. 10 iyul kuni kadastr yo`nalishida ham yuqorida ta`kidlab o`tilgan holatlarga yo`l qo`ygan respublika, viloyat va tuman miqyocidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Bu boshlanishi! Sohaning rivojiga to`siq bo`layotgan har bir muammoni echish qo`mita oldida turgan pirovard maqsad bo`lib, mana shunday xodimlar doimiy nishonda bo`ladi.
Hurmatli fuqarolarimiz va tadbirkorlarimiz. Agarda Siz yuqorida aytib o`tilgan yo`nalishlar bo`yicha korrupsion holatlarga duch kelsangiz, (telegram bot @ygkuzbot, elektron pochta 01@ygk.uz) xabar bering.






