AsosiyJamiyat

ShOShILINCh! Chet tilidan sertifikati bor abiturientlar 18-iyulga qadar ro`yxatdan o`tishlari shart!

'ShOShILINCh! Chet tilidan sertifikati bor abiturientlar 18-iyulga qadar ro`yxatdan o`tishlari shart!'ning rasmi

Ma`lumki, chet tillaridan sertifikatga ega abiturientlar ro`yxatdan o`tishda sertifikat ma`lumotlarini tizimga kiritadi.  

Hozirda mazkur ma`lumotlar asosida Davlat test markazi tomonidan sertifikatlarning haqiqiyligi tekshirilmoqda va ularga 3 xil status berilmoqda:

1.Sertifikat dasturga kiritilganda – “Tekshirilmoqda”.

2.Sertifikatning haqiqiyligi va imtiyoz berish uchun talabga javob berishi aniqlanganda – “Tasdiqlandi”.

3.Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmasa yoki imtiyoz berish uchun talabga javob bermasa – “Tasdiqlanmadi”.

Bunda, sertifikati tasdiqlanmagan abiturientlarda, sertifikat nima uchun tasdiqlanmaganligining sababi ham keltiriladi.

Hozirgi kunga qadar Davlat test markazi tomonidan 6 000 dan ziyod sertifikatlar tekshirildi va 450 dan ortiq sertifikatlar talabga javob bermasligi aniqlandi. 

Sertifikatlarni tekshirish ma`lum vaqt olishini inobatga olgan holda, DTM chet tili sertifikatiga ega abiturientlardan sertifikatlarini 18-iyulga qadar kiritishlarini so`ramoqda.

    Boshqa yangiliklar