AsosiyJamiyat

«Bunyodkor» futbolchisi koronavirusga chalingan bo`lishi mumkin

'«Bunyodkor» futbolchisi koronavirusga chalingan bo`lishi mumkin'ning rasmi

«Bunyodkor» futbolchisi virus yuqtirib olgan bo`lishi mumkinligi sababli jamoaning navbatdagi uchrashuvi qoldirildi. Bu haqda PFL direktori Diyor Imomxo`jaev ma`lum qildi.

«Jamoaning qolgan a`zolari o`zlarini yaxshi his qilishmoqda. Ammo shunga qaramay, ular ham test topshirishlariga to`g`ri keladi. Bu borada aniq ma`lumotlar chiqquniga qadar qolgan jamoalarning xavfsizligi nuqtai nazaridan «Bunyodkor» - «Buxoro» qoldiriladi.  

Hozircha vahima qilish o`rinsiz. Taqvimdan «Bunyodkor»ning qoldirilgan o`yini uchun joy topib berishning hozircha imkoni bor. Qolgan uchrashuvlar esa davom etadi. Shuningdek, har ehtimolga qarshi «Bunyodkor»ning o`tgan turdagi raqibi — «Navbahor» futbolchilari ham tibbiy tekshiruvdan o`tkaziladi", deydi Imomxo`jaev.

    Boshqa yangiliklar