AsosiyJamiyat

Cheklovlar fuqarolarning Konstitusiyada kafolatlangan huquq va erkinliklarini buzmaydimi?

'Cheklovlar fuqarolarning Konstitusiyada kafolatlangan huquq va erkinliklarini buzmaydimi?'ning rasmi

Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Adliya vaziri o`rinbosari Muzraf Ikramov  quyidagicha javob berdi:

Cheklov choralari fuqarolarning konstitusion huquqlarini poymol etmaydi va qonunchiligimiz va respublikaning umumqabul qilingan majburiyatlariga mos keladi.

  • O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining  20-moddasida fuqarolar o`z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda (e`tibor qiling) boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasliklari shartligi belgilangan. Ya`ni, shaxsiy huquqlarni amalga oshirish boshqalarning huquqi oldida mutlaq bo`lishi mumkin emas.

 

  • Aholi va avtotransport harakatlanishiga o`rnatilgan cheklashlarning huquqiy asosini esa “Aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligi to`g`risida”gi qonuni tashkil etadi. Ushbu qonunning 3-moddasida karantin choralari sifatida odamlar, tovarlar va avtomobillarning harakatlanishi cheklanishi mumkinligi to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatilgan.

 

  • Ushbu qonunning 31-moddasida yuqumli va parazitar kasalliklarning paydo bo`lish yoki tarqalish xavfi yuzaga kelgan taqdirda tegishli hududlarda yoki ob`ektlarda belgilangan tartibda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilishi mumkinligi belgilangan.

 

  • Ushbu cheklashlar O`zbekistonning xalqaro majburiyatlariga ham zid emas. Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro paktning 12-moddasi binoan erkin harakatlanish va yashash joyini tanlash huquqi davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholining salomatligi yoki axloqini yoki boshqalarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish uchun zarur bo`lgan qonunda ko`zda tutilgan cheklovlar kiritishga ruxsat etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar