1

Rossiyada sinovdan muvaffaqiyatli o`tgan koronavirus vaksinasi qachon ommaga taqdim etilishi ma`lum bo`ldi

Dunyo 13.07.2020, 18:06
Rossiyada sinovdan muvaffaqiyatli o`tgan koronavirus vaksinasi qachon ommaga taqdim etilishi ma`lum bo`ldi

Sal avval Rossiya Federasiyasining N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqotlar markazi mutaxassislari tomonidan may oyida yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina tajribasining sinovi muvaffaqiyatli o`tgani xabar qilingan edi.

Tashqi mehnat migrasiyasi Matbuot kotibining rasmiy kanalida berilgan xabarga ko`ra, ushbu vaksina sinovining ikkinchi bosqichi joriy yil 28 iyulgacha davom etadi, shundan so`ng ishlab chiqarishga ro`yxatdan o`tkazish uchun hujjatlar topshiriladi. Avgust oyi o`rtalarida esa vaksina ommaga taqdim etilishi mumkin. Xususiy kompaniyalar uni sentyabr oyining o`rtalarida ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda markaz direktori Aleksandr Ginsburg ma`lum qilgan.

Shu bilan birga, vaksinani dorixonalarda erkin xarid qilish muddati ma`lum qilinmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1