1

Elektron hisobvaraq-fakturalar tizimida tushunmovchiliklarga duch kelyapsizmi? Murojaat manzillari bilan tanishing

Jamiyat 13.07.2020, 18:38
Elektron hisobvaraq-fakturalar tizimida tushunmovchiliklarga duch kelyapsizmi? Murojaat manzillari bilan tanishing

Ta`minlovchi va xaridorlar o`rtasida har kuni o`nlab bitimlar tuziladi: hisobvaraq-fakturalar, ishonchnoma, bajarilgan ishlar dalolatnomasi, tovar-transport yukxati va hakozo. Tasavvur qiling, ikki tomon mazkur hujjatlarni qog`oz shaklida rasmiylashtiradi. Demak, kurer orqali ularni etkazib berish, topshirishni ham ta`minlash kerak. Nima deb o`ylaysiz, bu jarayonlar tez va oson hal bo`larmikin? Albatta, yo`q. Chunki hujjatlarni qog`oz shaklida o`zaro almashish ko`p vaqt, xarajat talab etishi kunday ravshan. Bunday “yo`qotish”lar shu bilan yakun topmaydi. Buxgalterlar katta hajmdagi qog`oz yozuvlarini birma-bir tahlil qilib chiqish uchun alohida kuch va mehnat sarflaydi. Bu ham etmagandek, hujjatlarda xato yoki kamchiliklarga yo`l qo`yish, yo`qotib qo`yish yoki qalbakilashtirish xavfi ham yo`q emas... 

Bunday tashvishlar yangilikka xayrixoh, qulayliklikka intiluvchi ishbilarmonlar uchun mutlaqo ortiqcha. Ular zamon talabiga mos yangi imkoniyatlarni tanlaydi, kichik tejamkorlik bilan katta unumdorlikka erishishni ko`zlaydi. Elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) tizimi ana shunday talab va istaklarga har tomonlama mos. 

Ushbu tizimt ezkorlik, qulaylik va sifat bobida ishonchni munosib oqlamoqda. Tizimga kiritilayotgan yangi o`zgarishlar esa uning imkoniyatlari qamrovi va foydalanuvchilari doirasini tobora kengaytiryapti.

Xatolarni tuzatish mumkin

Ayni vaqtga kelib, an`anaviy tarzda rasmiylashtirilayotgan EHFdan tashqari uning yangi shakl va turlari ham yaratildi. Xususan, endilikda ilgari yaratilgan xato rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan EHFlarga tuzatish kiritish zarurati yuzaga kelganda yangi turdagi hisobvaraq-fakturadan foydalanish qo`l keladi. Uni rasmiylashtirish uchun dastlab tizimdagi “Tuzatuvchi” toifasi tanlanadi. So`ng tuzatmoqchi bo`lgan EHFning raqam va sana, 24 elementdan iborat ID raqami kiritiladi. Yangi yaratilgan EHF ikki tomonlama tasdiqlangandan keyin eski EHFning holati o`zgaradi va yangi EHF ma`lumotlari QQS hisobotining reestrida aks ettiriladi.

Kontragent EHFni o`z vaqtida qabul qilmasa-chi?

Bu masala ham endi muammo emas. Xaridor (kontragent) tomonidan qabul qilinmagan, imzolash jarayonida turgan va etkazib beruvchi tomonidan bekor qilinmagan elektron hisobvaraq-fakturalarni etkazib beruvchi (sotuvchi) QQS hisobotining 5-ilovasida avtomatik tarzda shakllantirish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, xaridor (kontragent) tomonidan qabul qilinmagan, imzolash jarayonida turgan va etkazib beruvchi tomonidan bekor qilinmagan elektron hisobvaraq-fakturalar, ular qabul qilingunga qadar xaridor QQS hisobotining 4-ilovasida aks etmaydi va hisobga (zachyotga) olinmaydi. 

Uch tomonlama taqdim etiladi. Qachonki...

Tovarlarni (xizmatlarni) topshiriq shartnomasi bo`yicha realizasiya qilishda ishonchli vakil sotib oluvchi nomiga topshiriq beruvchi nomidan hisobvaraq-faktura taqdim etadi. Hisobvaraq-fakturada topshiriq beruvchi va sotib oluvchining rekvizitlaridan tashqari ishonchli vakilning rekvizitlari ham ko`rsatilishi lozim. Bunday hisobvaraq-faktura uch nusxada taqdim etiladi. Birinchi nusxa sotib oluvchiga, ikkinchisi topshiriq beruvchiga yuboriladi, uchinchisi ishonchli vakilda saqlanadi.

Hamkorlar yanada yaqin

Korxona o`z filiallariga ega bo`lsa, my.soliq.uz sayti orqali ularni qo`shishi mumkin. EHF yaratilayotgan vaqtda tegishli filialni tanlash orqali kerakli hamkor bilan o`zaro hujjat almashinuvini amalga oshirish mumkin. 

Hozir respublikamiz miqyosida 216 mingdan ziyod yuridik shaxs va 43 mingdan ortiq YaTT hisobvaraq-fakturalarning elektron shaklidan faol foydalanib, muhim vazifalarni soddalashtirishga, ish jarayonlarini engillashtirishga erishmoqda. Siz ham kam xarj va faol harakat bilan katta samarani ko`zlagan bo`lsangiz, ularning safidan joy olishning ayni fursati.

Agar tizim bilan bog`liq savol yoki tushunmovchiliklarga duch kelsangiz, info@rouming.uz yoki https://rouming.uz/contacts elektron manzillari orqali Sizga ko`maklashishga doim tayyormiz. 

                                   Nodir MUHAMMADOV, “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi mutaxassisi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1