1

Virus keng tarqalmasligi uchun notariuslarga navbatga yozilish onlayn o`tkaziladi

Jamiyat 13.07.2020, 20:35
Virus keng tarqalmasligi uchun notariuslarga navbatga yozilish onlayn o`tkaziladi

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Notarial palatasi xabar berdi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilishi munosabati bilan 2020 yilning 10 iyuldan boshlab xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notariuslar:

notarial harakatlarni rasmiylashtirish jarayonida koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish choralarini ko`rishi;

fuqarolar esa notarial idoralarga kechiktirib bo`lmaydigan zaruriyat bo`lgan hollardagina murojaat etishi lozim.

▫️ Fuqarolar:  

 e-notarius.uz sayti orqali tegishli notariusga onlayn navbatga yozilishi;

 notarial harakatlar yuzasidan maslahatlar va savollarga javob olish uchun @notariusmaslahatibot telegram boti orqali murojaat etishi mumkin.

Karantin sharoitida faoliyatini davom ettirayotgan notarial idoralar manzillari va ular haqdagi boshqa ma`lumotlar Notarial palataning Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasi orqali muntazam yoritib boriladi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1