1

5 kun avval uyidan chiqib ketgan farg`onalik 18 yoshli qiz qidirilmoqda

Jamiyat 14.07.2020, 06:00
5 kun avval uyidan chiqib ketgan farg`onalik 18 yoshli qiz qidirilmoqda

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati aholidan Toshtemirova Shoxsanamxon ismli fuqaroning qidiruvida ko`mak so`ramoqda. 

18 yoshli Toshtemirova Shoxsanamxon 2020 yil 09 iyul kuni Farg`ona shahar, Yangi asr ko`chasi 25-uy 17-xonadondan noma`lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan. 

Belgilari: bo`yi 165-170 sm, sochlari qora, ko`zlari qora.

Egnidagi kiyimlari: oq rangli ko`ylak, ko`k rangli jinsi, oyog`ida oq tufli.

Shoxsanamning turar joyi haqida biror ma`lumotga ega bo`lganlardan quyidagi raqamlar orqali xabar berishingiz so`raladi:

73-244-02-76, 73-244-02-85 yoki 102

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1