1

Toshloq tumanida “Nexia-2” avtomashinasi tut daraxtiga urilishi oqibatida yo`lovchi vafot etdi

Jamiyat 14.07.2020, 08:02
Toshloq tumanida “Nexia-2” avtomashinasi tut daraxtiga urilishi oqibatida yo`lovchi vafot etdi

10 iyul kuni fuqaro U.T. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasini Toshloq tumani Qanjirg`a MFY hududida boshqarib ketayotib, avtomashina boshqaruvini yo`qotgan. Yo`lning o`ng tomonidagi tut daraxtiga urilishi oqibatida avtomashinada bo`lgan yo`lovchi E.I. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Hurmatli haydovchilar!

Yo`l harakati qoidalariga amal qiling.Yo`l qoidasi umr foydasi ekanligini esdan chiqarmang.Qoidabuzarlik ayanchli yakun topishi mumkin", - deyiladi Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1