1

Garovdagi uy-joy “E-ijro auksion” savdolariga chiqarilgan edi, lekin...

Jamiyat 14.07.2020, 13:01
Garovdagi uy-joy “E-ijro auksion” savdolariga chiqarilgan edi, lekin...

Fuqarolik ishlari bo`yicha Shayhontohur tumanlararo sudining 18.12.2019 yilgi 2-1004-1904/28184-sonli ijro hujjatiMajburiy ijro byurosi Shayxontohur bo`limi ish yurituviga kelib tushgan. 

Mazkur ijro hujjatida qarzdor S.G`ulomov va Z.G`ulomovalardan solidar tartibda undiruvchi bankfoydasiga jami 292 mln. 578 ming 303 so`m miqdorida kredit qarzi, shundan 50 mln.  so`m miqdoridagi  kredit qarzdorligi qarzdor A.Merkamedbaevdan ham solidar tartibda undirish, undiruv esa 332 mln. 812 ming 500 so`mga baholangan garovda turgan Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 1-mavzeda joylashgan  umumiy maydoni 57,38 kv.m. bo`lgan xonadonga qaratilgan. Bo`lim davlat ijrochisi T.Trofimov  tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli garovdagi ko`chmas mulk xatlangan hamda xatlangan mol-mulkni “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun 10.02.2020 yilda qaror qabul qilingan.

Mazkur ijro ishi yuzasidan S.G`ulomovga tegishli Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 1-mavzeda joylashganumumiy maydoni 57,38 kv.m. bo`lgan 2 xonali uyning  dastlabki bahosi 332 mln. 812 ming 500 so`m qilib belgilangan, hamda joriy yilning 17 mart kuni elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.  Majburiy ijro harakatlaridan   to`g`ri xulosa chiqargan  qarzdor S.G`ulomov  garovdagi uyini saqlab qolish maqsadida  bank oldidagi kredit qarzdorligini to`lab, undiruvchi bank foydasiga 292 mln. 578 ming 303 so`m qarzdorlikni  to`liq to`lab bergan, undiruvchiga qarzdor tomonidan qarzdorlik bartaraf etilganidan so`ngbo`lim tomonidan ijro ishi  yurituvi tamomlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1