AsosiyJamiyat

Homilador ayol koronavirusga chalinganda qanday muolaja olishi kerak va bu muolaja oddiy muolajadan nimasi bilan farqlanadi?

'Homilador ayol koronavirusga chalinganda qanday muolaja olishi kerak va bu muolaja oddiy muolajadan nimasi bilan farqlanadi?'ning rasmi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o`tkazildi. U muhim savollarga javob qaytardi.

"Homilador ayol koronavirusga chalinganda qanday muolaja olishi kerak va bu muolaja oddiy muolajadan nimasi bilan farqlanadi?"

– Homilador ayol koronavirusga chalinsa, ayollar maslahatxonasidagi kuzatuvchi shifokori va oilaviy poliklinikadagi shifokoriga murojaat qiladi. Agar kasallik simptomsiz kechayotgan bo`lsa, barcha epidemiologik va gigienik tadbirlarga rioya qilgan holda uy sharoitida yakkalangan tartibda nazoratda bo`ladi. Kasallik alomatlari paydo bo`lsa, zudlik bilan maxsus ajratilgan kasalxona yoki tug`ruq kompleksiga stasionar davolanishga o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar