1

Koronavirus yuqtirganlikda shubha bo`lsa, qaerga murojaat qilish kerak?

Jamiyat 14.07.2020, 13:49
Koronavirus yuqtirganlikda shubha bo`lsa, qaerga murojaat qilish kerak?

Avval ma`lum qilinganidek,  AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifingda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

"Koronavirus yuqtirganlikda shubha bo`lsa, qaerga murojaat qilish kerak? Tez yordamga qo`ng`iroq qilsak SESga, SESdagilar oilaviy poliklinikaga murojaat qiling, deydi. Hech qaysi tayinli maslahat bermaydi?"

– Hozirgi kunda hududidan qat`iy nazar barcha oilaviy poliklinikalarda (jumladan, Toshkent shahridagi 64 ta poliklinikada) mobil tezkor epidemiologik brigadalar tashkil qilindi. Ular tarkibida infeksionist, epidemiolog va umumiy amaliyot shifokori mavjud bo`lib, ular joylarda vaziyatni o`rganishadi va uy sharoitida yoki kasalxonada davolanish bo`yicha qaror qabul qilish huquqiga ega. Kasallik alomatlari bo`lmaganda, o`zingizni tinchlantirish uchun test tahlili topshirishga harakat qilmang. Tahlillar faqat aniq ko`rsatma bo`lganda qabul qilinadi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1