1

Farg`onalik 42 yoshli fermer o`z dala shiyponining to`siniga osilgan holda topildi

Jamiyat 14.07.2020, 15:23
Farg`onalik 42 yoshli fermer o`z dala shiyponining to`siniga osilgan holda topildi

9 iyul kuni Uchko`prik tumani, Sultonobod qishlog`ida yashovchi, 1978 yilda tug`ilgan fermer xo`jaligi rahbari A.O. dala shiyponining to`siniga arqondan sirtmoq yasab, osilgan holda topilgan.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining darakchi.uz ga ma`lum qilishicha, voqea joyi tuman prokuraturasi tergovchisi Sh.Shonosirov rahbarligidagi tezkor-tergov guruhi tomonidan ko`zdan kechirilganda, shubhali ashyo yoki buyumlar topilmagan.

Fermerning o`z joniga qasd qilib vafot etganligi yuzasidan Qo`qon tumanlararo sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida uning o`limiga “Bo`yin a`zolarini yarim qattiq jism bilan qisilib osilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya” sabab bo`lganligi ko`rsatilgan.

Hozirda marhumning o`z joniga qasd qilganligi yuzasidan tuman IIB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

2018 yildan buyon fermer xo`jaligiga rahbarlik qilib kelayotgan marhum fermerning otasi bilan surishtiruv davomida suhbatlashilganda o`g`li hech kim bilan urishib yoki janjallashmaganligini aytgan. Ma`lum bo`lishicha, fermer o`z xo`jaligidagi g`alladan bo`shagan erni odamlarga ikkinchi ekin uchun sotgan va pullarini oldindan olgan. Suv muammosi sabab er olganlar A.Odan pullarini qaytarib berishini talab qila boshlashgan. Marhum fermer o`z boshqaruvidagi “Damas”sini sotib ham qarzlaridan qutilolmagan. Marhumning otasini ta`kidlashicha, shunday bo`lishiga qaramay pul berganlar tomonidan yoki fermerlik faoliyati yuzasidan biror-bir rahbar tomonidan unga nisbatan ruhiy bosim o`tkazilmagan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi, deyiladi Bosh prokuraturaning bizga bergan ma`lumotida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1