1

Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti namozining masjidlarda o`qilishiga ruxsat beriladi

Dunyo 14.07.2020, 15:42
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti namozining masjidlarda o`qilishiga ruxsat beriladi

Saudiya Arabistoni hukumatining 13 iyul kuni ma`lum qilishicha, Qirollikdagi musulmonlar bu yilgi Iyd Al-Adha (Qurbon hayiti) namozini masjidlarda ado etishlari mumkin bo`ladi. Bu haqda tarjumon.uz xabar bermoqda.

Islom ishlari vaziri Shayx Abdullatif Al-Shayx o`z vazirligining hududlardagi bo`limlariga Iyd Al-Adha bayramiga hozirlik ko`rishni buyurgan.

Koronavirus xavfining oldini olish maqsadida hayit namozi e`lon qilingan bir qancha masjidlardagina o`qiladi xolos. Ushbu masjidlarda ehtiyot choralari ko`rilishi nazoratga olinadi.

Islom ishlari vazirligining xabariga ko`ra, hayit namoziga kelganlar orasida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun odamlarning ehtiyot choralariga amal qilishlari uchun bo`lgan targ`ibot ishlari kuchaytirildi. Jumladan, tibbiyot mutaxassislarining infeksiyadan himoyalanish bo`yicha bergan maslahatlari nashrdan chiqarilgan.

Eslatib o`tamiz, bu yilgi Iyd Al-Adha bayrami avgust oyining dastblabki kunlariga to`g`ri kelishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1