AsosiyJamiyat

Texnomart nafaqat nuqsonli tovar uchun pulni qaytarib berishdan, balki muzlatgichni ta`mirlashdan ham bosh tortdi

'Texnomart nafaqat nuqsonli tovar uchun pulni qaytarib berishdan, balki muzlatgichni ta`mirlashdan ham bosh tortdi'ning rasmi

Toshkent shahridagi Texnomart do`konidan Indesit markali sovutgichni 4.098.000 so`mga sotib olgan iste`molchi o`z qonuniy huquqlaridan foydalandi. Muzlatgichda oziq-ovqat yaxshi saqlanmayotganligini payqagan iste`molchi, Texnomart do`koni vakillariga murojaat qilishga qaror qiladi. Iste`molchining bir necha bor murojaat qilishiga qaramasdan, korxona vakillari nafaqat nuqsonli tovar uchun pulni qaytarib berishdan, balki muzlatgichni ta`mirlashdan ham bosh tortishgan.

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining 1159 raqamiga qo`ng`iroq orqali ushbu murojaat qoldirilgandan so`ng, Toshkent shahar hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan murojaat bilan bog`liq holat o`rganildi. 

Natijada, muammo iste`molchining foydasiga hal qilinib, unga nosoz uskuna uchun to`langan pulning to`liq miqdori qaytarilishiga erishildi.

    Boshqa yangiliklar