AsosiyDunyo

Koronavirusdan tuzalgan bemorlarda bu kasallikka qarshi immunitet faqatgina bir necha oy saqlanib qolinishi aniqlandi

'Koronavirusdan tuzalgan bemorlarda bu kasallikka qarshi immunitet faqatgina bir necha oy saqlanib qolinishi aniqlandi'ning rasmi

Britaniyalik olimlarning olib borgan yangi tadqiqotlariga ko`ra, koronavirusdan tuzalgan bemorlarda bu kasallikka qarshi immunitet faqatgina bir necha oy davom etadi xolos. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

Bunga sabab shuki, organizmda koronavirusni engishda immunitetga ta`sir qiluvchi antitanalarning miqdori ma`lum muddat o`tgach kamayib ketadi.

Tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, odamlar COVID-19 ga shamollash kabi har yili chalinishlari mumkin. Ushbu natijalar Londonning “Qirollik kolleji” olimlari tomonidan 90 ta bemorning immmunitetini tekshirib ko`rilganidan keyin ma`lum bo`ldi.

Unga ko`ra, koronavirusdan tuzalgan bemorlarning 60 foizida bu infeksiyaga qarshi kuchli immunitet hosil bo`lgan. Ammo, uch oydan so`ng ushbu bemorlarning 17 foizidagina immunitet saqlanib qolgan.

Shu muddat mobaynida ularning qonidagi antitanalar miqdori 23 martagacha kamaygan, ba`zi bemorlarda esa antitanalar umuman aniqlanmagan.

“Odam organizmi koronavirusga qarshi etarli miqdorda antitana ishlab chiqarmoqda. Lekin, ular qisqa muddatdan keyin kamaymoqda. Antitanalarning qancha muddat saqlanib qolishi odam organizmining qanchalik kuchliligiga bog`liq. Agar organizmda paydo bo`layotgan virusga qarshi antitanalar faqat 2 yo 3 oy davom etsa, vaksina ham xuddi shuncha muddat ichidagina virusga qarshi kurashadi xolos. Bu esa COVID-19 dan himoyalanish uchun bir marta vaksina qabul qilishning o`zi etarli bo`lmasligini anglatadi” deydi ushbu tadqiqotlarni olib borgan olimlardan biri Keyti Durers.

Kembrij universiteti virusologi professor Jonatan Hiniyning so`zlariga ko`ra, ”Qirollik kolleji” tomonidan olib borilgan tadqiqotlar COVID-19 ga qarshi immunitetning umri juda qisqa ekanligini isbotladi.

“Eng muhimi shuki, bu tadqiqot insoniyatning koronavirusga qarshi umumiy immunitet hosil qilishi tushunchasini barbod qilayotgan yana bir dalil bo`ldi” deydi Hiniy.

    Boshqa yangiliklar