1

BMT: COVID-19 dunyo bo`ylab ocharchilikni avj oldirmoqda

Dunyo 14.07.2020, 17:21
BMT: COVID-19 dunyo bo`ylab ocharchilikni avj oldirmoqda

O`tgan yili dunyo bo`ylab 690 million odam ocharchilik bilan yuzlashgan bo`lsa, bu yil ularning soni 83-132 millionga ko`payadi. Sabab - koronavirus pandemiyasi, deyiladi "Amerika ovozi" bergan xabarda. 


“Jahonda ocharchilik ko`lami yiliga o`rtacha 10 millionga ko`payib kelayotgan edi", - deydi Maksimo Torero Kullen, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti bosh iqtisodchi olimi.

“2 milliard odam egulik topishdan qiynalib yashaydi, ya`ni etarlicha manbaga ega emas".


Ulardan 746 millioni kuchli taqchilikda kun ko`rsa, 1,25 milliardi vaqt-vaqti bilan shunday holatda.

Hozirgacha 13 millionga yaqin odam koronavirusga chalingan. Karantin va cheklovlar sabab tirikchilik orqaga ketgan, buning ustiga ishsizlik kengayib, bizneslarning susaygani daromadga ulkan zarar keltirgan. Ko`plab davlatlarda oziq-ovqat ta`minoti sustlashgan.


“Og`ir damlar. Davlatlar chora ko`rmasa, ocharchilik girdobi kengayaveradi”, - deydi Deyvid Bizli, BMT Oziq-ovqat dasturi rahbari.


Afrikada vaziyat murakkab: 250 millionga yaqin odam to`yib ovqatlanmaydi.

Osiyo bo`ylab 381 million odam shu ahvolda. 2015-yildan beri och-nahor qatlam kontinentda 8 foizga kamaygan.

Lotin Amerikasida ocharchilik tahdid ostida yashaydiganlar 48 million.

BMTga ko`ra, dunyo aholisining 3 milliardi sog`lom ovqatlanmaydi, chunki bunday egulik oddiy ovqatdan besh marotaba qimmatroq.

Kelasi yil BMT bu borada simpozium rejalagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1