1

Nega koronavirus aniqlangan tashkilotlar 14 kunga yopilmayotganiga aniqlik kiritildi

Jamiyat 14.07.2020, 18:07
Nega koronavirus aniqlangan tashkilotlar 14 kunga yopilmayotganiga aniqlik kiritildi

AOKA zalida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Habibullo Oqilov O`zbekistondagi epidemiologik vaziyat haqida ma`lumot berib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi. Xususan, bugungi kunda nega koronavirus aniqlangan tashkilot va hududlar 14 kunga yopilmayotganiga aniqlik kiritildi

"Koronavirusga mo`ljallanmagan shifoxonalarda koronavirus aniqlansa, uni 14 kunga yopib tashlar edik. Jahon tajribasi shuni ko`rsatdiki, bu noto`g`ri yo`l.

Hozircha koronavirus chiqadigan bo`lsa, o`sha bo`limning o`zini yopyapmiz. U ham — bir kunga.

Xodimlarini yakkalanish yoki karantinga olyapmiz. Kerakli choralar o`tkazilgandan keyin, tahlillar olingandan keyin, ertasiga ochilyapti. Shuning uchun qaysidir shifoxona karantinga yopildi, deyish mutlaqo noto`g`ri", - izohladi Habibullo Oqilov

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1