1

Prezident: bizda doimo uch oylik oziq-ovqat zaxirasi shay turishi kerak

Siyosat 14.07.2020, 19:55
Prezident: bizda doimo uch oylik oziq-ovqat zaxirasi shay turishi kerak

Bugun Shavkat Mirziyoev raisligida bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishida viloyat, shahar va tumanlarda mahalliy kengashlar, joylardagi hokimlik va boshqaruv idoralari o`z hududidagi vaziyatni chuqur tahlil qilib, Respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda karantin qoidalarini qaerda zarur bo`lsa kuchaytirishi, qaerda zarur bo`lsa yumshatishi lozimligi ta`kidlandi:

 Masalan, qishloq joylarda aholi shahardagidek tig`iz emas. Kasallik tarqamagan hududlarimiz ham ko`p.

Bu erlarda hozirgi paytda hamma dalada ish bilan band, odamlarning qo`li-qo`liga tegmaydi.

 Bunday tumanlarda qishloq mehnatkashlarining bemalol ishlashi, mahsulotini xaridorlarga etkazib berishi uchun barcha sharoitni yaratishimiz kerak. Chunki yozning bir kuni qishning o`n kunini boqadi.

Hech kimga sir emas, bu yildan boshlab oziq-ovqat masalasi dunyo miqyosida hal qiluvchi o`ringa chiqadi. Chunki koronavirusni engish ham, xalq farovonligini ta`minlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ham avvalo shunga bog`liq.

Shuning uchun bizda doimo uch oylik oziq-ovqat zaxirasi shay turishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1