26 noyabr kuni Toshkent shahar hokimyati binosida “Toshissiqquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi bosh direktori Farhod Hamidxonov hamda jurnalislar ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.
Unda joriy yilda Toshkent shahridaga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ko`rib chiqildi. Tadbir davomida jurnalistlar o`zlarini qizitirgan savollarga javob olishdi.
Ma`lum qilinishicha, bugungi kunda “Toshissiqquvvat”da 3 mingdan ortiq ishchi, xizmatchilar xizmat qilishadi. Bu xodimlar har oyda o`z tumanlari va bo`limlarida zaruriy tayyorgarliklardan o`tishadi.
Tadbirda ishtirok etgan “Darakchi.uz” muxbiri quyidagi savollar bilan birlashma rahbariga murojaat qildi:
- Xonadonlarga boradigan issiq suv gradusi qancha bo`lishi kerak? Agar ertalab soat 5 larda issiq suvni ochsak kamida 100-150 litr suvdan keyin issiq suv kela boshlaydi. Bu esa bizga yaxshigina harajatga tushadi?
- Har bir bino ichidagi issiqlik tarmog`ida o`zining liniyasi bor, bunday holatlarda yashayotgan hududdagi fuqarolar shirkatlarga murojaat qilish kerak bo`ladi.
- Uchtepa tumani Chilonzor 12 kv 44 uyda istiqomat qiladigan fuqoralarimizning murojaatiga ko`ra, ularning uylarida bir xonada issiqlik tizimi ishlasa, boshqa xonada ishlamas ekan. Ko`pincha ertalablari issiqlik tizimi o`chib qolar ekan. Bu holatda fuqorolarimiz qaerga murojaat qilishlari kerak?
- Toshissiqquvvat issiqlikni o`sha binoga etkazib bergandan so`ng, bu masalaga uy-joy mulkdorlari shirkati ham javobgar bo`ladi. Bunday hollarda 227 08 34 ishonch telefonlariga murojaat qilish mumkin.





