Xonanda Jasur Umirovning Facebook’dagi sahifasida chop etilgan surat muxlislarni befarq qoldirmadi. Sharh berilmagan rasm muxlislarning turli talqindagi fikrlariga ko`milib ketdi. Kimdir “Farzand muborak”, desa, yana kimdir “Umri bilan bergan bo`lsin!” dedi. Yana boshqa birov “farzand bebaho ne`mat, omon bo`lsin!” deya tabriklashga shoshildi.
Bunga javoban Jasur muxlislariga minatdorchilik bildirib quyidagi javobni qoldirgan: “Assalomu alaykum hamma-hammaga. Men hali bo`ydoqman, lekin tilaklar uchun rahmat, ilohim hammani etkazsin...”
Xo`sh, aslida bu bola kim? Savolga oydinlik kiritish uchun xonandaning o`zi bilan bog`landik va quyidagi javobni oldik.
Jasur Umirov: Suratdagi bolakay akaxonlarimdan birining o`g`li.