Rossiyaning Primorya o`lkasidagi hayvonot bog`laridan birida echki Amur yo`lbarsini yotog`idan quvib chiqardi. Bu haqda “Ria Novosti” xabar bermoqda.
Mana bir necha kundirki yo`lbars va echki hayvonlar yashashi uchun mo`ljallangan maydonchada birga yashayapti.“Biz bir yilda ikki marta yo`lbarslarga “jonli” emak beramiz. Amur yo`lbarsi bundan avval bir necha marta echkilarni egan. Ammo navbatdagi echki ancha “abjir” chiqdi. Yo`lbarsning hujumiga shoxlari yordamida o`zini himoya qilish bilan javob qaytardi. Echkining o`zini munosib himoya qilishi yo`lbarsni cho`chitib yubordi va u echkini o`z xoliga qo`ydi”, — dedi hayvonot bog`i direktori Dmitriy Mezensev.
Echkining jasurligi uchun hayvonot bog`i xodimlari unga “Temur”laqabini berishdi. Temur to`rt kundan beri yo`lbars bilan birga yashayapti va hattoki uning yotog`ini egallab oldi.
“Kun mobaynida boshqa hayvonlar sayr qilish uchun maydonchaga chiqadi. Echki Temur yo`lbarsni o`ziga “yo`lboshchi” qilib oldi va kun mobaynida uning ortidan ergashib yuradi”, — deydi hayvonot bog`i xodimlari