1

Mashinasini auksionga chiqarilishidan tashvishga tushgan qarzdor qarzini to`lab berdi

Jamiyat 15.07.2020, 13:27
Mashinasini auksionga chiqarilishidan tashvishga tushgan qarzdor qarzini to`lab berdi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Tayloq tumanlararo sudining sud hujjatiga asosan qarzdor Sh.Karimovdan undiruvchi M.Muxtorovaning bir nafar farzandi foydasiga to`rtdan bir qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Bu haqda MIB matbot xizmati xabar bermoqda. 

Davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risida qaror chiqarilib, qaror nusxalari tomonlarga yuborilgan.

Qarzdor Sh.Karimov alimentdan qarzdorligi 23 mln. 524 ming so`mdan oshib ketsa-da, u to`lashni paysalga solib yuravergan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Damas” rusumli mashina borligi aniqlanib, jarima maydonchasiga qo`yildi va auksionga chiqarilish choralari ko`rildi.

Mashinasini auksionga chiqarilishidan tashvishga tushgan qarzdor qarzini to`lab berdi.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan undiruvchi foydasiga 23 mln. 524 ming so`m aliment pullari undirilib, taraflarining o`zaro kelishuvi asosida ijro ishi yuritish Qonuning 40-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1