1

Jarqo`rg`onda sud xodimi dupposlangani yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 15.07.2020, 15:12
Jarqo`rg`onda sud xodimi dupposlangani yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Surxondaryoda sud raisi va sud xodimlariga nisbatan IIB xodimlari tomonidan qilingan tahqirlash va ularni obro`sizlantirib do`pposlangani haqida xabar qilgan edik.

 Ushbu voqeaga Adolat” SDP o`z pozisiyasini bildirgan edi.  Bundan tashqari holat Senatning Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan senatori tomonidan senatorlik nazoratiga olindi. 

Bosh prokuratura Matbuot kotibining ma`lum qilishicha,  mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o`tkazilgan tekshirish natijasiga ko`ra, JKning 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1