AsosiyJamiyat

Toshkentda haydovchining keskin qo`zg`alishi natijasida 60 yoshli ayol avtobus salonida og`ir jarohatlandi

'Toshkentda haydovchining keskin qo`zg`alishi natijasida 60 yoshli ayol avtobus salonida og`ir jarohatlandi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB ma`lum qilishicha, 22 iyun kuni taxminan soat 07.30 da Yashnobod tumani Katta Yangiobod ko`chasida “Isuzu” rusumli 61 yo`nalish bo`yicha harakatlanuvchi va 1 avtoparkka tegishli bo`lgan avtobus haydovchisi 41 yoshli Dilmurod X. avtobuslar bekatidan harakatlanishdan oldin yo`lovchilar o`z joylarini egallaganliklariga ishonch hosil qilmagan.

Keskin qo`zg`alish natijasida yo`lovchilardan biri 60 yoshli Ma`mura Yu. muvozanatni yo`qotib, avtobus salonida yiqilgan. Natijada tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra unga og`ir badan shikastlari etgan. Ayol malakali yordam uchun shifoxonaga etkazilgan.

Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

 

    Boshqa yangiliklar