AsosiyJamiyat

Tomorqa egasi o`zi etishtirgan mahsulotini dehqon bozoriga olib borishi uchun stikersiz mashinani haydasa bo`ladimi?

'Tomorqa egasi o`zi etishtirgan mahsulotini dehqon bozoriga olib borishi uchun stikersiz mashinani haydasa bo`ladimi?'ning rasmi

Ushbu savolga bugun AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bo`lim boshlig`i Farhod Ochilov quyidagicha javob berdi:

Maxsus komissiyaning 9 iyuldagi bayoniga muvofiq, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtiruvchilarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati cheklanmagan.

✔️ Etishtirgan mahsulotlaringizni bozorlarga olib borib tegishli tartibda realizasiya qilishingiz mumkin.

〰️〰️〰️〰️〰️

Etishtirgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarimni dehqon bozorlarida sotishda to`sqinliklarga duch kelsam qaerga murojaat qilsam bo`ladi?

Etishtirigan qishloq xo`jaligi mahsulotingizni dehqon bozorlariga olib kirishda hamda ularni realizasiya qilishda ta`magirlik yoki shunga o`xshash boshqa to`sqinliklarga duch kelsangiz Bosh prokuratura Call-markazining 1007 qisqa telefon raqamiga yohud Bosh prokurutra huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlara qarshi kurashish departamentining 71-233-1007 ishonch telefoniga murojaat qilishinigz mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar