Indoneziyada 54 nafar jurnalist bir vaqtning o`zida koronavirusga chalindi

Dunyo 15.07.2020, 20:05
Indoneziyada 54 nafar jurnalist bir vaqtning o`zida koronavirusga chalindi

Indaneziyaning Sharqiy Yava hududida joylashgan Surabaya shahrida 50 dan ziyod jurnalist qisqa muddatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani ma`lum bo`ldi. Uch nafar radiostansiya xodimi vafot etdi, deb ma`lum qildi O`zA Jakarta Post gazetasining internet versiyasi bergan ma`lumotga tayanib.

Gazetaning xabar berishicha, 54 jurnalist koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Kasallikka chalinganlik holati Radio Republik Indonesia radiosining Surabaya bo`limi rahbariyati qarori bilan uch marta ketma-ket test o`tkazilgandan keyin ma`lum bo`lgan. 

Birinchi va ikkinchi testdan o`tgan uch nafar jurnalist koronavirusdan vafot etdi, deyiladi xabarda.

Nashrning yozishicha, yana ikki nafar jurnalist kasalxonaga yotqizilgan.

Xabarda aytilishicha, jurnalistlar orasida infeksiyaga chalinish holatlarining ko`payib ketganida mahalliy siyosatchilar va yirik tadbirkorlar epidemiologik xavfsizlik talablariga amal qilmay tez-tez matbuot anjumanlarini o`tkazayotgani sabab bo`lmoqda. Tahririyat rahbarlari esa, jurnalistlarga bunday tadbirlarga borishni taqiqlamayapti. 

Ayrim tadbirkorlar pandemiya davrida insonparvarlik yordamini tarqatish bilan bog`liq xayriya tadbirlariga matbuot xodimlarining katta guruhini taklif etmoqda, deb yozadi gazeta.

Indoneziyada hozirgacha jami 78 ming 572 kishi koronavirusga chalingani aniqlangan, 3 ming 710 kishi ofat qurboni bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1