1

Toshkent shahar hokimligiga kamida 3 oylik dori-darmon va himoya vositalari zaxirasini shakllantirish vazifasi qo`yildi

Siyosat 15.07.2020, 22:01
Toshkent shahar hokimligiga kamida 3 oylik dori-darmon va himoya vositalari zaxirasini shakllantirish vazifasi qo`yildi

Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev bugun 15 iyul kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog`liq vaziyat muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazdi.

Ayniqsa, Toshkent shahri va poytaxt viloyatida hokimlar va sektorlar rahbarlari ishonib topshirilgan hududlardagi haqiqiy ahvolni o`rganmagan, dedi bugungi yig`ilishda davlatimiz rahbari. “Mas`ullar tibbiyot muassasalaridagi real vaziyatni bilmaydi. Aholini virusdan ogohlantirish va saqlash, kasallarni o`z vaqtida to`g`ri davolash uchun mas`uliyatni his qilmagan.”

Aholidan murojaatlar soni keskin ortib borayotganini hisobga olib, koll-sentrlar aloqa vositalari va operatorlari sonini kamida ikki barobarga oshirish lozimligi ta`kidlandi.

Toshkent shahar hokimligiga kamida 3 oylik dori-darmon va himoya vositalari zaxirasini shakllantirish vazifasi qo`yildi.

Hozirgi sinovli vaziyatda kundalik ehtiyoj mollari va zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarining etarli bo`lishi, narxlari asossiz oshib ketmasligi juda muhim. Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga bu masalani qat`iy nazorat qilish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

Pandemiyaga qarshi kurashish, karantin qoidalariga amal qilish, ijtimoiy masofani saqlashning ahamiyatini aholi o`rtasida keng targ`ib qilish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bu borada qilinayotgan kundalik ishlarni xolis va tezkor yoritish muhimligi ta`kidlandi.

Koronavirus kasalligini davolash bilan bog`liq barcha jarayonlarga, jumladan, Toshkent shahridagi ishlarga mas`ullar biriktirildi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1