1

Har qanday mikroorganizmlardan himoya qiluvchi ko`pyillik «aqlli»niqob ishlab chiqildi

Dunyo 15.07.2020, 22:26
Har qanday mikroorganizmlardan himoya qiluvchi ko`pyillik «aqlli»niqob ishlab chiqildi

Rossiyaning «Rostex» korporasiyasi har qanday mikroorganizmlardan himoya qiluvchi ko`p yillik antibakterial niqob ishlab chiqdi.

Korporasiya shu yilning iyul oyi oxirida Ramenskiy qurilish anjomlari zavodi TIOKRAFT universal niqobini sinovdan o`tkazishini ma`lum qildi. Unga akkumulyator o`rnatilgan bo`lib, odamni bir necha yil davomida viruslardan himoya qilishi mumkin.

«Bu sifatli, yangi mahsulot. Ushbu niqobni bir necha yil davomida taqib yurishingiz mumkin, u oddiy akkumulyatordan quvvat oladi. Biz sinovlarni iyul oyida tugatishni rejalashtiryapmiz», dedi Ramenskiy zavodi bosh direktori Sergey Anoxin matbuot anjumanida.

Uning so`zlariga ko`ra, niqob havoni fotokataliz texnologiyasi asosida ishlaydigan filtr yordamida tozalaydi. Filtr zararli aralashmalarni tuzoqqa tushiradi va keyin ultrabinafsha nurlari ta`sirida ularni parchalaydi.
Niqoblar turli mamlakatlarda Xitoyning Uxan shahrida paydo bo`lgan yangi koronavirus tarqalishining oldini olish uchun eng samarali choralardan biri sifatida ishlatish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1