AsosiyJamiyat

Toshkentlik 48 yoshli fuqaro Surxondaryoga xizmat safariga borib, koronavirusdan vafot etdi

'Toshkentlik 48 yoshli fuqaro Surxondaryoga xizmat safariga borib, koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

Toshkent tumanilik  48 yoshli Sh.N. joriy yil 24 iyunda xizmat safari bilan Surxandaryo viloyatida bo`lib, tana harorati ko`tarilganligi va  holsizlik sabab  viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot bo`limiga murojaat qilgan.  

 

Unda “SOVID- 19” infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat shifoxonasiga yotqizilgan. Bemorda o`tkir nafas etishmovchiligi kuzatilgan.

 

Unga “SOVID-19” infeksiyasi va  ikki tomonlama pnevmoniya og`ir kechishi, o`tkir nafas etishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, surunkali bronxit tashxisi qo`yilgan.  

 

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiyalar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

 

Biroq shu yilning 14 iyul kuni uning ahvoli keskin og`irlashgan. Reanimasiya bo`limi shifokorlarining muolajalariga qaramasdan bemor o`tkir yurak qon-tomir  va nafas etishmovchiligidan  vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar