1

Boysunlik erkak o`zaro janjal chog`ida qo`shni ayolni bo`ynidan pichoqlab qo`ydi

Jamiyat 16.07.2020, 06:22
Boysunlik erkak o`zaro janjal chog`ida qo`shni ayolni bo`ynidan pichoqlab qo`ydi

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ayol kishiga tan jarohati etkazish bilan bog`liq jinoyat haqida xabar berdi. 

Boysun tumanida 2020 yilning 5 iyul kuni taxminan soat 13.00lar chamasida, “Temirdarvoza” mahallasida yashovchi R.F., mahalladoshi B.M. ismli qo`shni ayolning yashash uyi hovlisida o`zaro janjallashib qoladi. Janjal vaqtida, R.F. qo`lida bo`lgan oshxona pichog`i bilan qo`shni ayolning bo`yin sohasiga tan jarohati etkazadi.

2020 yilning 10 iyul kuni R.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1