1

Adliya tizimi xodimlari orasida koronavirusdan ilk o`lim qayd etildi

Jamiyat 16.07.2020, 06:54
Adliya tizimi xodimlari orasida koronavirusdan ilk o`lim qayd etildi

Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti Dexkanov Adhamjon Tajibaevich COVID-19 koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.   

"Adham Dexkanov haqida faqat iliq fikrlar qoldi. Ko`p yillar malakali huquqshunos sifatida xalq xizmatida bo`lgan, asosan huquq tartibot idoralarida faoliyat yuritgan, prokuratura tizimi uchun qator islohotlarda ishtirok etgan Adhamjon Dexkanov 2018 yilning dekabr oyidan Davlat xizmatlari agentligi sohasiga kirib keldi, tizimda yoshlarga murabbiylik qildi.

Adliya vazirligi jamoasi Davlat xizmatlari agentligining  Navoiy viloyati boshqarmasining bosh yuriskonsulti Dexkanov Adhamjon Tajibaevichning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi", deyiladi hamdardlik xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1