1

Ipoteka krediti olishda aholiga subsidiyalar beriladi

Jamiyat 16.07.2020, 09:34
Ipoteka krediti olishda aholiga subsidiyalar beriladi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yil 28 noyabr kuni "Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi farmonni imzolagandi.

2020 yil 25 martda Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to`lash tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaror imzolangan. Shunga ko`ra, Xalq banki Matbuot xizmati Ipoteka krediti olishda aholiga subsidiyalar berilishini ma`lum qildi. 

Subsidiya — ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olish uchun boshlang`ich badal va (yoki) kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida davlat byudjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvarag`iga o`tkazilgan mablag`lar hisoblanadi.

Subsidiyalar:

* qishloq joylarda — birinchi besh yil davomida ipoteka krediti bo`yicha foiz to`lovlari bilan bog`liq xarajatlarni qoplash uchun — 10 foizlik punktdan oshgan qismiga;

* shaharlarda — boshlang`ich badalning bir qismini to`lash bilan bog`liq xarajatlarni qoplash uchun uy-joyning hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida va birinchi besh yil davomida kredit bo`yicha foizlarni qoplash uchun — Toshkent shahrida 12 foizlik punktdan oshgan qismiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to`lanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1