1

Avval virusni aniqlab, undan so`ng davolashga o`tgan bo`lsak, hozirgi holat zudlik bilan yordam berish kerakligini ko`rsatmoqda

Jamiyat 16.07.2020, 11:46
Avval virusni aniqlab, undan so`ng davolashga o`tgan bo`lsak, hozirgi holat zudlik bilan yordam berish kerakligini ko`rsatmoqda

Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev 15 iyul kuni Prezident videoselektoridan so`ng bergan intervyusida berilgan dolzarb vazifalar haqida gapirdi.  

O`zbekistonda, ayniqsa Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi kurashish bo`yicha kechagi taktika, kechagi strategiya bugungi kun talabiga umuman javob bermaydi, dedi u.  

Uning ta`kidlashicha,  Toshkent shahrida 135ta tez tibbiy yordam mashinasi bo`lib, birinchi bosqichda zudlik bilan yana 50ta mashina ikki kun ichida jihozlanib, yo`lga qo`yiladi. Poytaxtdagi koll-markazda faoliyat ko`rsatayotgan xodimlar soni 40 nafardan 100 kishiga etkaziladi.

«Bugun Toshkent shahridagi poliklinikalarga 750ta mobil telefon etkazib berildi. Shifokorlar kun davomida uch mahal o`zini-o`zi davolash bilan shug`ullanayotgan bemorlardan qo`ng`iroq qilib hol-ahvol so`raydi hamda kerakli maslahatlarni beradi», – dedi Bosh vazir o`rinbosari.

Musaevning so`zlariga ko`ra, hududdagi sektorlarning to`rt rahbari bemorlar holatidan xabardor bo`lishi shartligi belgilandi. Bu orqali ular aholining dard va muammolari hamda hududdagi sog`liqni saqlash tizimi holatini yaqindan biladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1