Termizda besh yuz ming so`m evaziga stiker olib berishni va`da qilgan firibgar qo`lga olindi

Jinoyat 16.07.2020, 13:15
Termizda besh yuz ming so`m evaziga stiker olib berishni va`da qilgan firibgar qo`lga olindi

Termiz shahrida 2020 yilning 27 iyun kuni shaharning “Ma`rifat” mahallasida yashovchi, X.S. Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, shaharning “Navro`z” mahallasida yashovchi, G.N. unga 500.000 (besh yuz ming) so`m pul evaziga hokimiyat organlari orqali transport vositasiga viloyatlararo harakatlanish uchun stiker rasmiylashtirib berishni va`da qilganligini bildirgan.

Mazkur murojaat yuzasidan shu kunning o`zida taxminan soat 16.00 lar chamasida, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkaziladi. O`tkazilgan tezkor tadbir davomida, G.N., X.S.dan ushbu va`da qilingan 500.000 (besh yuz ming) so`m pullarni olayotgan vaqtida ushlanadi va undan ashyoviy dalil olinadi.

Karantin davrida o`zgalarning ishonchiga kirib aldov yo`li bilan firibgarlik jinoyatini sodir qilgan G.N.ga nisbatan 11 iyul kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1