1

JSST koronavirusga qarshi vaksina qachon chiqishiga oydinlik kiritdi

Dunyo 16.07.2020, 13:30
JSST koronavirusga qarshi vaksina qachon chiqishiga oydinlik kiritdi

Butun dunyoda mutaxassislar koronavirusga qarshi vaksina yaratish bilan shug`ullanishmoqda, biroq u yaqin kunlarda paydo bo`lmaydi. Eng avvalo, vaksina xavfsiz va samarali ekaniga ishonch hosil qilinishi lozim, dedi Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining Evropa mintaqaviy byurosi favqulodda vaziyatlar masalasi bo`yicha katta mutaxassisi doktor Katrin Smolvud.

«Butun dunyo COVID-19 ga qarshi vaksina yaratish ustida hamjihatlikda ish olib bormoqda. Xalqaro guruhlar aholi orasida xavfsiz va samarali qo`llash mumkin bo`lgan vaksinani yaratish bo`yicha o`zaro hamda JSST bilan hamkorlik qilmoqda", - dedi Smolvud matbuot anjumanida.

Uning ta`kidlashicha, vaksina yaratish juda ko`p resurs, vaqt va kuch-g`ayratni talab qiladigan jarayondir.

«Vaksina yaratish uchun amalga oshirilayotgan barcha sa`y-harakatlarga qaramay, biz u yaqin kunlarda paydo bo`ladi, deya olmaymiz. Hozircha biror bir vaksinaning xavfsiz va samarali ekanini tasdiqlay olmaymiz», - dedi Smolvud.

Uning aytishicha, ayni paytda klinik sinov bosqichida turgan 100 dan ortiq vaksinadan taxminan 15-20 tasi qo`llash uchun nomzod hisoblanadi.

«Umid qilamizki, tez kunlarda xavfsiz vaksinani topishga muvaffaq bo`lamiz», - qo`shimcha qildi Smolvud.

Bundan avvalroq JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ham RIA Novostiga intervyu berganda dunyoda 140 dan ortiq vaksina ustida tadqiqot ishlari olib borilayotgani haqida ma`lum qilgan edi. Biroq ular hozircha tadqiqotlarning turli bosqichlarida turibdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1