AsosiyJamiyat

Xususiy dorixonalar o`zlari olib kelgan dorilarni istagan narxda sotishi mumkinmi?

'Xususiy dorixonalar o`zlari olib kelgan dorilarni istagan narxda sotishi mumkinmi?'ning rasmi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifingda dolzarb savollar yuzasidan javob qaytarildi.

"Xususiy dorixonalar o`zlari olib kelgan dorilarni istagan narxda yoki ustiga belgilangan qanchadir foizdan ortiq bo`lmagan narxda sotishi mumkinmi?" 

–Dori-darmonlarga narx belgilashda ulgurji realizasiya uchun – sotib olinish narxidan 15% dan ortiq bo`lmagan, chakana realizasiya uchun - ulgurji narxidan 20% dan ortiq bo`lmagan miqdorda amalga oshirilishi belgilangan. Asos — Prezidentning 2016 yil 31 oktyabrdagi 2647-son “Aholini dori vositalari bilan ta`minlashni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida” qarori.

Shuningdek, chetdan olib kelinadigan va mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish ularni etkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat`i nazar, ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo`lmagan miqdorda belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar