AsosiyJamiyat

Nega yuqori havo haroratida ham COVID-19 faolligi pasaymayapti, aksincha kasallanish ko`payib bormoqda?

'Nega yuqori havo haroratida ham COVID-19 faolligi pasaymayapti, aksincha kasallanish ko`payib bormoqda?'ning rasmi

Nega yuqori havo harorati va past namlikda ham COVID-19 faolligi pasaymayapti, aksincha kasallanish holatlari ko`payib bormoqda? Kasallik boshlanganda yuqori harorat va past namlikda kasallik kamayishi aytilgan edi?

Aholidan kelib tushgan ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi: 

- Statistikaga ko`ra, COVID -19 tarqalishi mamlakatlarda har qanday iqlim va namlikda yuz berishi mumkin.  

Mutaxassislar bu holatni ko`pincha virus tarqalishiga qulay sharoit bo`lgan binolarda kuzatilishi bilan izohlashadi.  

Yuqori havo harorati, quyosh nurining to`g`ri tushishi, quruq havo virusni o`ldirishi isbotlangan va bu borada muhokamaga o`rin yo`q.

    Boshqa yangiliklar