AsosiyJamiyat

Karantindagilarga hech qanday muolaja qilinmasdan, "davolandi", degan hujjatni imzolatishayotganligi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi (video)

'Karantindagilarga hech qanday muolaja qilinmasdan, "davolandi", degan hujjatni imzolatishayotganligi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda karantinga olingan fukarolarga hech qanday muolajalar qilmasdan ketayotganlarida ularni davolandi, degan hujjatlarga qo`l qo`ydirib oldirishgani to`g`risida xabarlar tarqaldi. Bu to`g`risida ichki surishtiruv ishlari olib borilmoqdami?

Aholidan kelib tushgan ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi: 

Karantinga joylashtirilgan fuqarolarga ularning shikoyatlari va ahvoliga qarab kerakli muolajalar o`tkazilgan va hozirda ham bu ishlar olib borilmoqda.

️Karantinga joylashtirilganlar hali bemorlar emas, faqat virus yuqtirishda gumon qilinganlardir. Shuning uchun karantindagilarga davolash muolajalari o`tkazilmaydi.

️Faqat qo`shimcha hamda yondosh kasalliklari bor shaxslar bundan mustasno, negaki bu kabi shaxslarga karantin zonasida ham tibbiy yordam ko`rsatiladi.

Shunigdek, yolg`on ma`lumot tarqatganlik uchun ham javobgarlik mavjudligi eslatib o`tmoqchimiz.

video:

    Boshqa yangiliklar