“A.E. Burxanovni O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori lavozimiga tayinlash to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF-6026-son, 14.07.2020 y.) Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlandi (Senat Kengashining 15.07.2020 y. KQ-107–IV-son qarori). Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Prezidentning 2020 yil 29 iyundagi “O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni bilan tashkil etilgan.






